15.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Ushbu ilmiy maqolada tijorat banklarida risk boshqaruvi tizimining mazmuni, uning bank barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati hamda zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish yo‘nalishlari atroflicha yoritilgan. Maqolada kredit, likvidlik, foiz, valyuta, bozor va operatsion risklarning shakllanish sabablari, ularni kamaytirish mexanizmlari hamda Basel III standartlari asosida risklarni baholashning ilg‘or yondashuvlari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston tijorat banklarida risk-menejmentni takomillashtirish jarayonida raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirilgan skorинг tizimlari, stress-testlash va ichki nazorat tizimining integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari banklarda risklarni boshqarish samaradorligini oshirish, muammoli kreditlar ulushini kamaytirish, kapital yetarliligini mustahkamlash va bank tizimi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Keywords: risk boshqaruvi; tijorat banklari; kredit riski; likvidlik riski; operatsion risk; bozor riski; valyuta riski; risk-apetit; Basel III; IFRS 9; muammoli kreditlar (NPL); stress-testlash; raqamli risklar; kiberxavfsizlik; ichki audit; komplayens nazorati; tavakkalchiliklarni baholash modeli; kapital yetarliligi; bank barqarorligi.