15.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Mazkur ishda korxonada rejalashtirish jarayonining mazmuni, ahamiyati va turlari yoritilgan. Rejalashtirish korxonaning samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi boshqaruv funksiyalaridan biri sifatida ko‘rib chiqiladi. Ishda strategik, taktik va operativ rejalashtirish turlari, ularning o‘zaro bog‘liqligi hamda ishlab chiqarish jarayonida resurslardan oqilona foydalanishdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, rejalashtirishda zamonaviy yondashuvlar va axborot texnologiyalarining ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Keywords: Rejalashtirish, korxona boshqaruvi, strategik reja, taktik reja, operativ reja, ishlab chiqarish jarayoni, samaradorlik, resurslar, menejment, innovatsiya.