13.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Ushbu maqolada o‘zbek romanchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari tahlil qilinadi. Maqolada o‘zbek adabiyotida roman janrining vujudga kelish omillari, uning XX asr boshidan to mustaqillik davriga qadar va zamonaviy bosqichdagi rivojlanish jarayoni yoritilgan. Shuningdek, o‘zbek romanchiligining badiiy, ijtimoiy hamda falsafiy qirralari Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Oybek, Cho‘lpon, Pirimqul Qodirov, Tog‘ay Murod, Isajon Sulton kabi yozuvchilar ijodi misolida tahlil qilinadi.
Keywords: roman, o‘zbek romanchiligi, badiiy obraz, tarixiy roman, ijtimoiy realizm, milliy ong, modernizm, zamonaviy adabiyot, yozuvchi mahorati.