13.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Ushbu maqolada tilshunoslik fanining falsafa, psixologiya va sotsiologiya bilan o‘zaro aloqalari tahlil qilinadi. Tilning nafaqat aloqa vositasi, balki tafakkur, ong va jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq murakkab ijtimoiy hodisa ekani ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada falsafa fanining tilning mohiyatini anglashdagi o‘rni, psixologiyaning nutq hosil bo‘lishi hamda idrok jarayonlariga ta’siri, shuningdek, sotsiologiyaning tilning ijtimoiy tabiati va jamiyatdagi funksiyalarini o‘rganishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, psixolingvistika va sotsiolingvistika kabi yo‘nalishlar misolida tilshunoslikning ko‘p fanli (multidisipliner) xususiyati namoyon etiladi.
Keywords: tilshunoslik, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, psixolingvistika, sotsiolingvistika, tafakkur, ijtimoiy hodisa.