10.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Ushbu maqolada zevgma hodisasining til tizimidagi o‘rni, uning semantik va pragmatik xususiyatlari, shuningdek, kommunikativ jarayonlardagi ta’sirchanligi tahlil qilingan. Zegvma tilda qisqalik, ma’no tejamkorligi va ifoda ixchamligini ta’minlaydi. Maqolada zevgmaning funksional jihatdan nutq samaradorligini oshirishdagi, pragmatik nuqtayi nazardan esa muloqot jarayonida hissiy va mantiqiy ta’sirni uyg‘otishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, uning badiiy, publitsistik hamda so‘zlashuv uslubidagi qo‘llanish xususiyatlari, ma’no kengaytirish, ironik yoki metaforik effekt yaratishdagi imkoniyatlari misollar asosida tahlil etilgan.
Keywords: zevgma, pragmatika, semantika, kommunikativ niyat, nutqiy strategiya, til tejamkorligi, kontekst, ironik ma’no, ifoda ixchamligi, stilistik vosita.