10.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Ushbu maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar, dasturlar va tashabbuslar tahlil qilinadi. Shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, axborot-resurs markazlari faoliyatini takomillashtirish hamda milliy ma’naviyatni yuksaltirishda kitobxonlikning o‘rni yoritilgan. Maqolada davlat siyosatida kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va bu yo‘nalishda erishilgan yutuqlar ham o‘rganilgan.
Keywords: kitobxonlik, ma’naviyat, ta’lim, yoshlar, axborot-resurs markazlari, madaniyat, islohotlar, mustaqillik davri, o‘qish madaniyati, davlat siyosati.