RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA YURIDIK TA'LIMNI MODERNIZATSIYA QILISH: LEGALTECH KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH

08.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11

Abstract. Bugungi XXI asr zamonaviy texnologiyalar va raqamli transformatsiya davri ekan, jamiyat barcha sohalarda yangi yondashuvlar va kompetensiyalarni talab qiladi. Yuridik ta’lim ham ushbu jarayondan chetda qolmay, zamonaviy talablarga mos ravishda modernizatsiya qilinishi zarur. Ushbu maqolada yuridik ta’limni raqamli transformatsiya sharoitida takomillashtirish, LegalTech kompetensiyalarini shakllantirish va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada xalqaro tajriba ham keng o‘rganilib, ushbu jarayonda qanday muammolar bo‘lishi mumkinligi va bularga yechimlar taklif qilinadi. Tadqiqot natijalari esa, yuridik fakultetlarda AI va LegalTech kurslarini kengaytirish, amaliy va nazariy bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali bitiruvchilarda raqamli savodxonlik ko‘nikmasini rivojlantirish imkoniyatini ko‘rsatadi.

Keywords: Yuridik ta’lim, raqamli transformatsiya, LegalTech, sun’iy intellekt, raqamli kompetensiyalar, ta’lim modernizatsiyasi, xalqaro hamkorlik, AI/LegalTech kurslari, elektron sud tizimi, zamonaviy texnologiyalar, Raqamli O‘zbekiston.Yuridik ta’lim, raqamli transformatsiya, LegalTech, sun’iy intellekt, raqamli kompetensiyalar, ta’lim modernizatsiyasi, xalqaro hamkorlik, AI/LegalTech kurslari, elektron sud tizimi, zamonaviy texnologiyalar, Raqamli O‘zbekiston.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor