TA’LIM DASTURLARIDA RAQAMLI LOYIHALARNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI

08.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11

Abstract. Ushbu maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari doirasida “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish – HEMIS”, LMS (Learning Management System) hamda Module platformalarining joriy etilishi, ularning funksional imkoniyatlari va ta’lim sifatiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda oliy ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etishning normativ-huquqiy asoslari, boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish mexanizmlari hamda o‘quv faoliyatini raqamli muhitda boshqarishning afzalliklari yoritilgan. HEMIS tizimi orqali o‘quv, ilmiy, ma’muriy va moliyaviy faoliyat jarayonlarini yagona axborot makonida boshqarish imkoniyati yaratilgan bo‘lsa, LMS va Module platformalari talaba va o‘qituvchilar o‘rtasidagi interaktiv muloqotni kuchaytirish, dars materiallarini elektron shaklda joylashtirish, baholash va tahlil qilish jarayonlarini soddalashtiradi. Ushbu tizimlarning integratsiyasi oliy ta’lim muassasalarida raqamli boshqaruv, shaffoflik, talabalarning o‘zlashtirishini monitoring qilish hamda ta’lim sifatini tahliliy boshqarish uchun keng imkoniyat yaratadi.

Keywords: HEMIS, LMS, Module platformasi, oliy ta’lim, raqamli transformatsiya, axborot tizimi, masofaviy ta’lim, boshqaruv samaradorligi, ta’lim sifati.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor