05.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Mazkur maqolada hozirgi davrda insoniyat oldida turgan eng dolzarb ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Unda global, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar — atmosfera ifloslanishi, issiqxona effekti, ozon qatlamining yemirilishi, kislotali yomg‘irlar va suv tanqisligi kabi masalalar ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha samarali yechimlar taklif etilgan.
Keywords: ekologik muammolar, issiqxona effekti, ozon qatlami, kislotali yomg‘irlar, suv tanqisligi, chiqindisiz texnologiya, ekologik xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish.