O‘ZBEKISTONDA KREDIT BOZORINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

05.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11

Abstract. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida kredit bozorining hozirgi holati, asosiy rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqotda mamlakat moliyaviy tizimida tijorat banklari va boshqa kredit institutlarining roli, kredit siyosatini liberallashtirish yo‘nalishlari hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali kreditlash mexanizmlarini modernizatsiya qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqola 2020–2024-yillar statistik ma’lumotlari asosida tahliliy yondashuvni qo‘llagan holda ishlab chiqilgan. Natijalar kredit bozorida raqobatni kuchaytirish, moliyaviy resurslar oqimini optimallashtirish va innovatsion kredit mahsulotlarini keng joriy etish zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida O‘zbekiston kredit infratuzilmasini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.

Keywords: kredit bozori, tijorat banklari, moliyaviy barqarorlik, raqamli texnologiyalar, kredit resurslari, foiz siyosati, iqtisodiy o‘sish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor