AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASHDA BANKLARNING O‘RNI

30.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10

Abstract. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida aholining bandligini ta’minlashda tijorat banklarining o‘rni chuqur tahlil etilgan. So‘nggi yillarda mamlakat iqtisodiyotida bandlik darajasini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va iqtisodiy faollikni kengaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanmoqda. Shu jarayonda bank tizimi nafaqat moliyaviy vositachi, balki iqtisodiy rivojlanishning barqaror manbai sifatida ham muhim rol o‘ynamoqda. Tadqiqotda tijorat banklari tomonidan kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, startap loyihalar hamda xizmat ko‘rsatish sohasiga yo‘naltirilgan kreditlarning aholining bandligiga ta’siri tahlil qilinadi. Mualliflar tomonidan oxirgi yillar oralig‘idagi statistik ma’lumotlar asosida kredit hajmlari va hosil qilingan ish o‘rinlari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘liqlik o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, imtiyozli kreditlar hajmining oshishi bandlik ko‘rsatkichlarining sezilarli o‘sishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar doirasida banklarning faol ishtiroki iqtisodiyotning past daromadli qatlamlari uchun yangi daromad manbalarini hosil qilgan.

Keywords: tijorat banklari, aholi bandligi, kredit siyosati, moliyaviy inklyuziya, tadbirkorlik, iqtisodiy faollik, ijtimoiy barqarorlik.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor