VR (VIRTUAL REALITY) TEXNOLOGIYASINING TURIZM VA MEDITSINA SOHALARIDAGI AHAMIYATI

30.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10

Abstract. Ushbu maqolada virtual reallik (VR) texnologiyasining turizm va tibbiyot sohalarida qo‘llanilishining dolzarbligi, ilmiy va iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda chet el tajribalari asosida VR texnologiyalarining tibbiy reabilitatsiyada samaradorlik ko‘rsatkichlari foizlarda keltiriladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida bu texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari va istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Natijalarga ko‘ra, VR asosidagi terapiya insultdan keyingi tiklanish jarayonlarida 14-20 % yaxshilanishga olib kelgani, turizm sohasida esa virtual marketing tashabbuslari sayohatga bo‘lgan qiziqishni oshirganini ko‘rsatadi.

Keywords: virtual reallik, VR, turizm, meditsina, reabilitatsiya, raqamli texnologiyalar, innovatsiya, raqamli iqtisodiyot.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor