30.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10
Abstract. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda bank kreditlarining roli va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda tijorat banklari tomonidan kichik biznesni kreditlash hajmi ortib borayotgan bo‘lsa-da, ushbu jarayonda garov ta’minotining yetishmasligi, yuqori foiz stavkalari, kredit risklarini baholash tizimining takomillashmaganligi kabi muammolar mavjud. Tadqiqotda ushbu muammolarning sabablari aniqlanib, kredit siyosatini liberallashtirish, davlat kafolat fondlarini kengaytirish, imtiyozli kredit liniyalarini joriy etish va raqamli kreditlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Maqola natijalari kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda bank-moliya tizimining barqarorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslarni mustahkamlaydi.
Keywords: kichik biznes, bank krediti, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit, garov ta’minoti, kafolat fondi, risk-menejment, likvidlik, davlat dasturi, raqamli kreditlash, investitsiya muhit, moliyaviy barqarorlik.