30.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10
Abstract. Ushbu maqolada xalqaro huquq tizimida davlatlarning javobgarligi institutining shakllanishi va unda xalqaro odat huquqining o‘rni tahlil qilinadi. Muallif xalqaro odatlarning manba sifatidagi ahamiyatini, ularning davlat amaliyoti va opinio juris orqali shakllanish mexanizmini yoritadi. Maqolada, shuningdek, BMT xalqaro huquq komissiyasi tomonidan 2001-yilda qabul qilingan “Davlatlarning xalqaro huquqbuzarliklari uchun javobgarligi to‘g‘risidagi maqolalar” hamda xalqaro sud amaliyotining mazkur sohaga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Natijada xalqaro odat huquqi davlatlarning javobgarligini belgilashda muhim manba sifatida e’tirof etilgan.
Keywords: xalqaro javobgarlik, odat huquqi, opinio juris, xalqaro huquqbuzarlik, xalqaro sud amaliyoti, BMT xalqaro huquq komissiyasi.