MAKTAB O‘QUVCHILARINING MEHNAT VA DAM OLISH TARTIBI GIGIYENASI

30.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10

Abstract. Maktab o‘quvchilarining mehnat va dam olish tartibi gigiyenasi sog‘lom rivojlanish va o‘qish samaradorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi o‘quvchilarning jismoniy, ruhiy va intellektual holatini mustahkamlaydi, charchashning oldini oladi hamda mehnat unumdorligini oshiradi. O‘qish, dam olish, ovqatlanish va uyqu vaqtlarining gigiyenik me’yorlarga muvofiq bo‘lishi bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantiradi. Noto‘g‘ri tartib esa diqqatning susayishi, charchoq va salomatlik buzilishiga olib keladi. Shu sababli o‘quvchilarning mehnat va dam olish jarayonlarini gigiyenik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish tarbiyaviy jarayonning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Keywords: gigiyena, o‘quvchi, mehnat, dam olish, kun tartibi, sog‘lom turmush, uyqu, samaradorlik.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor