O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI TRANSFORMATSIYASIDA INNOVATSION JARAYONLARNI TAKOMILLASHTIRISH

28.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10

Abstract. Mazkur maqolada O‘zbekiston tijorat banklarining innovatsion transformatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt, bulutli xizmatlar, blockchain va open banking tizimlarining joriy etilishi orqali banklarning xizmat ko‘rsatish modeli qanday o‘zgarayotgani yoritiladi. Shuningdek, mavjud muammolar – IT infratuzilmasining eskiligi, malakali mutaxassislar yetishmovchiligi, raqamli madaniyatning sustligi va regulyatoriy cheklovlar asosli dalillar bilan ko‘rib chiqiladi. Maqolada transformatsiyani jadallashtirish uchun qonunchilik islohotlari, kadrlar tayyorlash, moliyaviy savodxonlikni oshirish va texnologik yangilanish bo‘yicha takliflar berilgan. Tahliliy yondashuvlar asosida O‘zbekiston bank tizimining raqamli rivojlanish istiqbollari aniqlashtirilgan.

Keywords: innovatsion transformatsiya, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, blockchain, open banking, bulutli xizmatlar, raqamli madaniyat, fintech.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor