27.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10
Abstract. Ushbu maqolada pul-kredit siyosatining milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va jahon moliya tizimidagi o‘zgarishlarga moslashishdagi roli ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining inflyatsiyani maqsadli boshqarish, foiz siyosatini takomillashtirish va milliy valyuta barqarorligini saqlash borasidagi amaliy chora-tadbirlari o‘rganilgan. Shuningdek, jahon moliya bozorida kuzatilayotgan global inflyatsiya, foiz stavkalarining o‘sishi va geosiyosiy xatarlarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri tahlil etiladi. Maqola yakunida mamlakatda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar – raqamli so‘mni joriy etish, foiz siyosatini moslashtirish, bank tizimi likvidligini oshirish hamda xalqaro moliyaviy integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Keywords: pul-kredit siyosati, Markaziy bank, inflyatsiyani maqsadli boshqarish, foiz stavkasi, likvidlik, valyuta kursi, monetar instrumentlar, moliyaviy barqarorlik, raqamli so‘m, jahon moliya bozori, makroiqtisodiy muvozanat, iqtisodiy o‘sish.