27.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10
Abstract. Ushbu maqolada XIX asr oxirida vujudga kelgan impressionizm oqimining san’atdagi falsafiy va estetik o‘zgarishlarga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot impressionist rassomlarning idrok, yorug‘lik va rangni badiiy talqin etishdagi o‘ziga xos yondashuvlarini o‘rganishga qaratilgan. Shuningdek, impressionizmning rassomchilikda sub’ektiv hissiyot, individuallik va erkin ifoda tamoyillarini shakllantirishdagi roli yoritilgan. Natijalar impressionizmni san’atda realizmdan modernizmga o‘tishdagi muhim bosqich sifatida talqin qilish imkonini beradi.
Keywords: impressionizm, san’at, idrok, yorug‘lik, rang, realizm, modernizm, sub’ektivlik, estetik tafakkur.