AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH IQTISODIY RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA

25.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10

Abstract. Mazkur maqolada aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Ijtimoiy himoya tizimi davlatning iqtisodiy siyosati tarkibidagi eng muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, u aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni kamaytirish va inson kapitalini rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy himoya islohotlari, aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan zamonaviy yondashuvlar o‘rganilgan. Shuningdek, ijtimoiy himoya choralari bilan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinib, tizimni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.

Keywords: ijtimoiy himoya, iqtisodiy rivojlanish, inson kapitali, kambag‘allik, ijtimoiy siyosat, farovonlik, bandlik, barqaror o‘sish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor