SPORT VA TIBBIYOT O‘RTASIDAGI INTEGRATSIYA: BO‘LAJAK SHIFOKORLAR UCHUN YANGI TA’LIM YONDASHUVLARI

22.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10

Abstract. Ushbu maqola sportning tibbiyot ta’limiga integratsiyasining talabalarga ta’sirini o‘rganadi. Tadqiqotda sport mashg‘ulotlari jismoniy sog‘likni yaxshilash, ruhiy barqarorlikni oshirish, stressni kamaytirish va akademik faollikni rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, guruh va individual mashqlar kombinatsiyasi ijtimoiy muloqot, shaxsiy rivojlanish va motivatsiyani oshirishga qanday yordam berishi ko‘rib chiqiladi. Maqolada sport va tibbiyot integratsiyasining pedagogik yondashuvlari, uyqu va tiklanish jarayoniga ta’siri, shuningdek, bo‘lajak shifokorlarni jismoniy, ruhiy va professional jihatdan rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, sport mashg‘ulotlarini o‘quv jarayoniga kiritish bo‘lajak shifokorlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va samarali professional tayyorgarlik uchun samarali vosita hisoblanadi.

Keywords: Sport integratsiyasi, Tibbiyot ta’limi, Talabalar salomatligi, Ruhiy barqarorlik, Jismoniy faollik, Stressni boshqarish, Akademik faollik, Pedagogik yondashuvlar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor