18.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10
Abstract. Ushbu maqolada multimedia vositalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishdagi roli va ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Multimedia vositalari, jumladan, audio, video va interaktiv materiallar orqali ta’lim jarayonida qiziqish va motivatsiyani oshirish, o‘zlashtirishni yengillashtirish va o‘quvchilarning nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada multimedia vositalaridan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan pedagogik muammolar, masalan, texnologik qiyinchiliklar, resurslarning yetishmasligi va o‘quvchilarning individual farqlari haqida fikrlar bildiriladi. Ushbu tadqiqot natijalari ta’lim jarayonida multimedia vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Keywords: multimedia vositalari, boshlang‘ich sinf, nutqni o‘stirish, pedagogik muammolar, ta’lim jarayoni, interaktiv materiallar, o‘quvchilar, qiziqish va motivatsiya.