24.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada stol tennisi sport turining shakllanishi va tarixiy rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Dastlabki havaskor ko‘rinishdan boshlab xalqaro sport darajasigacha bo‘lgan taraqqiyot jarayoni yoritilgan. Xalqaro tashkilotlarning roli, qoidalar evolyutsiyasi, texnik va taktik yangilanishlar alohida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, stol tennisi O‘zbekistonda rivojlanishi, federatsiyaning tashkil topishi, musobaqalar tizimi va yoshlar tayyorlovidagi yondashuvlar asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda tarixiy manbalar, ilmiy adabiyotlar va mahalliy tajribalar asosida umumiy xulosalar berilgan hamda istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tilgan.
Keywords: stol tennisi, rivojlanish, sport tizimi, musobaqalar, texnika, uslubiyat.