29.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9
Abstract. Ushbu maqolada zamonaviy rahbarlarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda rahbarlik faoliyatining psixologik asoslari, ijtimoiy muhitda rahbarlarning xatti-harakatlari va ularning shaxsiy xususiyatlari o'rganilgan. Maqolada adabiyotlar tahlili asosida zamonaviy rahbarlik paradigmalarining ijtimoiy psixologik aspektlari yoritilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, zamonaviy rahbarlar yuqori darajada ijtimoiy intellekt, adaptivlik va kommunikativ kompetensiyalarga ega bo'lishi zarur. Xulosa qismida rahbarlik samaradorligini oshirish yo'llari taklif etilgan.
Keywords: rahbarlik, ijtimoiy psixologiya, shaxsiy xususiyatlar, kommunikativ kompetensiyalar, ijtimoiy intellekt, zamonaviy menejment.