15.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9
Abstract. Maqolada ta’lim tizimida innovatsion loyihalarni boshqarish mexanizmlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Ta’lim sifatini oshirishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati, ularning samaradorligini belgilovchi omillar hamda xalqaro tajribalar asosida shakllangan boshqaruv usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda raqamli ta’lim resurslari, masofaviy ta’lim platformalari va elektron boshqaruv tizimlarining o‘quv jarayoniga ta’siri o‘rganildi. O‘zbekiston ta’lim tizimidagi mavjud tajribalar tahlil qilinib, innovatsion loyihalarni amalga oshirishda uchraydigan muammolar, jumladan, kadrlar salohiyatining yetishmasligi, moliyaviy cheklovlar va monitoring mexanizmlarining to‘liq ishlamasligi qayd etildi.
Keywords: Ta’lim tizimi, innovatsion loyihalar, boshqaruv mexanizmlari, loyiha menejmenti, raqamli ta’lim, masofaviy ta’lim, monitoring.