13.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9
Abstract. Mazkur maqolada zyudo sport turining shakllanishi, texnik va taktik uslublari, ularni o‘rgatish metodikasi hamda sportchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Zyudoning asosiy texnik elementlari – yiqitish, ushlab turish, bo‘g‘ish va qaytarma usullar, ularning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati bayon etilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda zyudo sport turining rivojlanish bosqichlari va bugungi kundagi yutuqlari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.
Keywords: Zyudo, texnika, uslub, yiqitish, ushlash, bo‘g‘ish, qaytarma, jismoniy tayyorgarlik, metodika, sport.