13.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9
Abstract. Mazkur ilmiy maqolada tijorat banklari faoliyatida kredit riskining mohiyati, uni baholashning nazariy va amaliy asoslari hamda boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari yoritiladi. Xalqaro moliya bozorlaridagi beqarorlik, milliy iqtisodiyotdagi islohotlar va raqamli transformatsiya jarayonlari sharoitida kredit riskini samarali boshqarish bank tizimining moliyaviy barqarorligi va barqaror rivojlanishini ta’minlovchi muhim omil sifatida ko‘rilmoqda. Maqolada kredit riskini baholashning an’anaviy va zamonaviy usullari – moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlili, kredit skoring tizimlari, stress-test va ssenariy tahlillari hamda IFRS 9 asosida kutilayotgan kredit yo‘qotishlarini hisoblash mexanizmlari batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, Basel III talablariga mos risk-menejment tizimlari, kredit portfelini diversifikatsiya qilish, garov va kafolat mexanizmlarini kuchaytirish, raqamli texnologiyalarni risk monitoringida qo‘llashning samaradorligi o‘rganiladi.
Keywords: Kredit riski, kredit riskini baholash, risk-menejment, IFRS 9, Basel III, kutilayotgan kredit yo‘qotishlari (ECL), kredit skoring, stress-test, diversifikatsiya, bank barqarorligi, moliyaviy xavflar, raqamli texnologiyalar, risk monitoringi, kapital yetarliligi.