13.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9
Abstract. Ushbu maqolada hududlarning investitsion jozibadorligi masalalari, ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri va mavjud muammolar ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati yuqori bo‘lgan hududlaridan biri — Navoiy viloyati tanlandi. Viloyatning tabiiy resurslari, ishlab chiqarish quvvatlari, geostrategik joylashuvi va kadrlar potensiali uning investitsion jozibadorligini belgilovchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, tadqiqot jarayonida mavjud muammolar – infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi, energetika va transport-logistika tizimidagi cheklovlar, byurokratik to‘siqlar, moliyalashtirish manbalarining cheklanganligi, innovatsion faoliyatning sustligi va ekologik xatarlar aniqlab berildi. Maqolada ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha qator takliflar ilgari surilgan: davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilma modernizatsiyasini jadallashtirish, investitsion jarayonlarda “yagona oynali” tizimni keng joriy etish orqali tartib-taomillarni soddalashtirish, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda kichik va o‘rta biznes uchun kredit va grant mexanizmlarini kengaytirish. Shuningdek, viloyat sanoatida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan “yashil iqtisodiyot” dasturlarini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Keywords: Hududlar investitsion jozibadorligi, Navoiy viloyati, iqtisodiy salohiyat, xorijiy investitsiyalar, mahalliy investitsiyalar, infratuzilma muammolari, transport-logistika, moliyalashtirish mexanizmlari, davlat-xususiy sheriklik, byurokratik to‘siqlar, innovatsion texnologiyalar, kadrlar salohiyati, ekologik xavfsizlik, yashil iqtisodiyot, erkin iqtisodiy zona.