13.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 2 Issue 9
Abstract. Ushbu maqolada harakatlanish hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish texnologiyalari va ularning qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kinetik energiyani elektr energiyasiga aylantirishning asosiy usullari — piezoelektrik, magnit-induksiya va triboelektrik effektlar asosida ishlab chiqilgan tizimlar yoritib beriladi. Harakatdan energiya olishning zamonaviy amaliyotdagi misollari, ekologik afzalliklari va iqtisodiy samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu texnologiyaning barqaror energetika tizimlari rivojiga qo‘shadigan hissasi va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari haqida fikr yuritiladi.
Keywords: kinetik energiya, elektr energiyasi, piezoelektrik effect, magnit-induksiya, triboelektrik effect, energiya konversiyasi, qayta tiklanuvchi energiya, harakatdan energiya olish, ekologik toza texnologiyalar, energiya tejash, zamonaviy energiya manbalari, barqaror energetika, harakat asosida ishlab chiqarish, innovatsion energiya tizimlari.