TIJORAT BANKLARINI SOLIQQA TORTISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA UNING ICHKI AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH

13.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9

Abstract. Ushbu maqolada tijorat banklarini soliqqa tortishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ichki audit tizimini takomillashtirish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Banklarning soliq majburiyatlari odatiy xo‘jalik subyektlaridan farq qilishi, ularning daromad bazasi foizli daromadlar, komission to‘lovlar va moliyaviy operatsiyalardan shakllanishi yoritib berilgan. Shu bilan birga, foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, mol-mulk va yer solig‘i kabi asosiy soliqlar bank faoliyatidagi o‘rni bilan izohlangan. Xalqaro tajribada banklarga nisbatan qo‘llaniladigan maxsus soliqlar ham o‘rganilib, ularni milliy amaliyot bilan qiyosiy tahlil qilingan. Ichki auditning soliq intizomini ta’minlashdagi ahamiyati, mavjud muammolar – soliq qonunchiligining tez-tez o‘zgarishi, raqamli texnologiyalardan foydalanishdagi kamchiliklar va auditorlar malakasining yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ichki auditni takomillashtirish yo‘nalishlari sifatida raqamli texnologiyalarni joriy etish, xalqaro standartlarga moslashtirish, auditorlar malakasini oshirish hamda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar berilgan. Maqola natijalari tijorat banklari faoliyatida soliqqa oid jarayonlarning samaradorligini oshirish, ichki audit tizimini kuchaytirish va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Keywords: tijorat banklari, soliqqa tortish, foyda solig‘i, soliq bazasi, ichki audit, soliq intizomi, raqamli texnologiyalar, xalqaro standartlar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor