BANK DEPOZIT OPERATSIYALARI XISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

11.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9

Abstract. Ushbu maqolada tijorat banklarining depozit operatsiyalari hisobini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Depozitlar banklar uchun muhim moliyaviy resurs bo‘lib, ular orqali banklar o‘z likvidligini ta’minlab, iqtisodiyotni rivojlantirishda faol ishtirok etadi. Maqola bank depozit operatsiyalarining bank faoliyatidagi o‘rni va ahamiyatini yoritadi, ularning turlari va jarayonlarini chuqur tahlil qiladi. Shu bilan birga, depozitlar hisobi bilan bog‘liq muhim muammolar, jumladan, depozitlarning diversifikatsiya darajasi pastligi, texnologik jarayonlar samaradorligining yetishmasligi va risklarni boshqarish tizimlarining takomillashtirilishi lozimligi kabi masalalar keltiriladi. Maqolada tijorat banklarining depozit operatsiyalari hisobini takomillashtirish istiqbollari ham ko‘rib chiqilgan bo‘lib, texnologik yangiliklar, mahsulotlar diversifikatsiyasi va xavfsizlik choralari depozit operatsiyalarining barqarorligini ta'minlashda muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi. Maqolaning yakuniy qismida depozit operatsiyalarini takomillashtirishning amaliy tavsiyalari berilgan bo‘lib, ular banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan.

Keywords: depozit operatsiyalari, bank resurslari, diversifikatsiya, texnologik yangilanish, risklarni boshqarish, mijozlarga xizmat, bank faoliyati, moliyaviy barqarorlik.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor