11.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9
Abstract. Maqolada reproduktiv salomatlik tushunchasi, uning zamonaviy tibbiyotdagi ahamiyati hamda bepushtlik muammosining asosiy sabablari tahlil qilinadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha reproduktiv yoshdagi har oltinchi juftlik bepushtlikdan aziyat chekadi. Ushbu muammo ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi bilan birga, milliy demografik siyosat uchun ham dolzarb hisoblanadi. Tadqiqotda ayol va erkak bepushtligining asosiy etiologik omillari, diagnostika usullari hamda davolash yondashuvlari yoritiladi.
Keywords: reproduktiv salomatlik, bepushtlik, etiologik omillar, in vitro fertilizatsiya, profilaktika.