06.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9
Abstract. Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni biologiya faniga o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Innovatsion metodlar yordamida o‘quvchilarni faollashtirish, individual yondashuvni ta’minlash hamda bilimlarni yanada chuqurroq o‘zlashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqola biologiya fanining murakkab kontseptsiyalarini soddalashtirish va interaktiv usullar orqali o‘quv jarayonini qiziqarli qilishga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, maqolada inklyuziv ta’limda yangi texnologiyalarning roli va muhimligi ta’kidlanadi.
Keywords: imkoniyati cheklangan o‘quvchilar, biologiya fani, yangi pedagogik texnologiyalar, inklyuziv ta’lim, interaktiv o‘qitish, individual yondashuv.