AFG‘ONISTON - POKISTON MUNOSABATLARIDA XAVFSIZLIK DILEMMASI

30.08.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 8

Abstract. Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar uzoq yillardan beri murakkabdir. Bu holatning ildizi Afg‘onistonning Dyurand chizig‘ini ikki davlat o‘rtasidagi rasmiy xalqaro chegara sifatida tan olmasligi va u orqali Pokiston hududlariga nisbatan hududiy da’volarida yotadi. Ushbu xavfsizlik dilemmasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy omillar ta’sirida turli ko‘rinishlarga ega bo‘ldi. Siyosiy va xavfsizlik bilan bog‘liq voqealar har ikki davlatning bir-birining ichki ishlariga aralashuvi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib keldi. Afg‘onistonning ‘‘Pashtuniston’’ g‘oyasini ilgari surishi, Hindiston bilan aloqalarni rivojlantirishi va Pokistondagi ‘‘Tehrik-i-Talibon Pokiston’’ (TTP) harakatini qo‘llab-quvvatlashi o‘zaro munosabatlarni og‘irlashtirdi. Pokiston esa Muhammad Dovudxonning ichki ishlariga aralashishga harakat qildi. AQSHning Afg‘onistonga bostirib kirishi davrida AQSH bilan hamkorlik qildi. Ushbu maqola Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi uzoq yillik xavfsizlik dilemmasining rivojlanishi va u bilan bog‘liq omillarni batafsil yoritib, ularning ikki davlat o‘rtasidagi barqaror hamkorlik imkoniyatlarini qanday to‘sib qo‘yganini tahlil qiladi.

Keywords: xavfsizlik dilemmasi, Afg‘oniston-Pokiston munosabatlari, Dyurand chizig‘i, Tolibon harkati, Pashtuniston harakati, Tehrik-i talibon Pokiston (TTP).


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor