12.08.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 8
Abstract. Ushbu maqolada tijorat banklarida lizing operatsiyalarini hisobga olish va auditini tashkil etish masalalari nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Lizingning moliyaviy vosita sifatidagi iqtisodiy ahamiyati, uning turlari va me’yoriy-huquqiy asoslari tahlil qilingan. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari, xususan IFRS 16 talablari asosida banklarda lizing operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish usullari ko‘rib chiqilgan. Audit jarayonida lizing shartnomalarining to‘g‘ri e’tirof etilishi, moliyaviy natijalarga ta’siri hamda risklarni baholash mexanizmlari o‘rganilgan. Maqolada amaldagi holat tahlili asosida tijorat banklarida lizing operatsiyalari hisobini va auditini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Keywords: tijorat banklari, lizing operatsiyalari, moliyaviy lizing, operatsion lizing, qayta lizing, moliyaviy hisobot, IFRS 16, buxgalteriya hisobi, audit, aktivlar, majburiyatlar, investitsiya, amortizatsiya, eskirish, soliq hisobi, kredit riski, likvidlik, normativ-huquqiy baza, shartnoma, monitoring.