12.08.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 8
Abstract. Maqolada tijorat banklarida asosiy vositalar hisobini yuritish va ularni audit qilish tizimini takomillashtirish masalalari har tomonlama tahlil qilingan. Asosiy vositalarning bank faoliyatidagi ahamiyati, ularning baholash va amortizatsiya hisoblash usullari, shuningdek, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IFRS) moslashtirish jarayonidagi dolzarb jihatlar yoritilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston tijorat banklari misolida asosiy vositalar dinamikasi, ularni boshqarishdagi mavjud kamchiliklar va audit jarayonida uchraydigan muammolar statistik va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Natijada, amortizatsiya siyosatini diversifikatsiya qilish, raqamli inventarizatsiya tizimlarini joriy etish, IFRS talablariga to‘liq moslash va audit jarayonini axborot texnologiyalari asosida avtomatlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Keywords: asosiy vositalar, tijorat banklari, moliyaviy hisobot, amortizatsiya, qayta baholash, inventarizatsiya, audit, IFRS, IAS 16, aktivlar aylanishi, raqamli inventarizatsiya, moddiy aktivlar, baholash usullari.