09.08.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 8
Abstract. Ushbu maqolada bank faoliyatini raqamlashtirish sharoitida bank xizmatlari sifatini oshirishning zamonaviy yo‘nalishlari va mexanizmlari tahlil qilingan. Xususan, raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali bank xizmatlarining tezligi, qulayligi, ishonchliligi va shaffofligi oshayotganligi ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqotda mijozlar ehtiyojlariga moslashtirilgan xizmatlar, masofaviy bank operatsiyalari, sun’iy intellekt asosidagi xizmat ko‘rsatish tizimlari va mobil bank ilovalari orqali xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar tahlil etilgan. “O‘zmilliybank” AJ misolida raqamlashtirish jarayonlarining amaliy natijalari qisqacha ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bank tomonidan joriy etilgan mobil ilovalar, onlayn xizmatlar va mijozlar uchun yaratilgan raqamli qulayliklar xizmatlar sifati oshishida qanday rol o‘ynayotgani ko‘rsatib berilgan. Maqolada raqamli xizmatlarni kengaytirish orqali mijozlar bilan aloqani soddalashtirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish va bankning raqobatbardoshligini oshirishga oid takliflar ishlab chiqilgan.
Keywords: Bank faoliyati, raqamlashtirish, bank xizmatlari sifati, tijorat banklari, raqamli transformatsiya, mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv, mobil bank ilovalari, sun’iy intellekt, fintech texnologiyalari, masofaviy xizmat ko‘rsatish, mijozlar ehtiyoji, xizmat ko‘rsatish tezligi, raqamli infratuzilma, xizmat sifati monitoringi, xizmatlar innovatsiyasi.