09.08.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 8
Abstract. Ushbu maqolada tijorat banklarida strategik rejalashtirish jarayonining nazariy asoslari, uning bank faoliyatidagi ahamiyati va samarali boshqaruvdagi o‘rni tahlil qilinadi. Strategik rejalashtirish bosqichlari — tashqi va ichki muhit tahlili, missiya va vizionni aniqlash, strategik maqsadlarni belgilash, resurslarni taqsimlash hamda monitoring mexanizmlari keng yoritiladi. Xalqaro ilg‘or tajribalar, jumladan, Balanced Scorecard, riskga asoslangan rejalashtirish va raqamli transformatsiya yondashuvlari O‘zbekiston tijorat banklari sharoitida qo‘llash imkoniyatlari bilan solishtiriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, strategik rejalashtirishni takomillashtirish banklarning raqobatbardoshligini oshirish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda muhim omil ekanligi isbotlandi.
Keywords: strategik rejalashtirish, tijorat banklari, bank boshqaruvi, raqamli transformatsiya, risk-menejment, SWOT tahlil, KPI, Balanced Scorecard, innovatsion rivojlanish, moliyaviy barqarorlik.