28.07.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 7
Abstract. Ushbu maqolada tarixiy imperializm siyosatining shakllanishi, buyuk davlatlar tomonidan amalga oshirilgan mustamlakachilik harakatlari va ularning zamonaviy siyosatdagi izlari tahlil qilinadi. Yevropa imperiyalari, Rossiya imperiyasi va AQSh kabi davlatlarning tarixiy harakatlari orqali global kuch muvozanati qanday o‘zgargani, ularning sobiq mustamlakalarga bo‘lgan ta’siri hamda neoimperialistik yondashuvlar ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Maqolada tarixiy tahlil, siyosiy kontekst va hozirgi zamonaviy geosiyosiy oqibatlar o‘zaro bog‘liq holda tahlil qilinadi.
Keywords: Imperializm, mustamlakachilik, buyuk davlatlar siyosati, Rossiya imperiyasi, Britaniya imperiyasi, neoimperializm, geosiyosat, postkolonializm, resurs nazorati, siyosiy ekspluatatsiya.