TIJORAT BANKLARDA ASOSIY VOSITALAR HISOBI VA TAHLILINI TAKOMILLASHTIRISH

28.07.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 7

Abstract. Ushbu maqolada tijorat banklarida asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi va tahlil jarayonini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Asosiy vositalar bank infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismi sifatida ularning samarali boshqaruvi bankning moliyaviy barqarorligi va xizmatlar sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan. Tadqiqot davomida hisob va tahlilning hozirgi holati o‘rganilib, mavjud muammolar tahlil qilingan va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Xususan, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga mos ravishda hisob yuritish, amortizatsiya siyosatini zamonaviylashtirish, analitik dasturlar asosida tahlilni avtomatlashtirish zarurligi asoslab berilgan. Maqola natijalari banklar uchun asosiy vositalarni boshqarishda strategik yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.

Keywords: asosiy vositalar, tijorat banki, buxgalteriya hisobi, amortizatsiya, moliyaviy tahlil, XMHS, aktivlar, bank infratuzilmasi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor