28.07.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 7
Abstract. Ushbu ilmiy maqolada Orolbo‘yi mintaqasining ekologik muammolarini bartaraf etish va barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida ekologik innovatsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish zarurati yoritilgan. Xususan, Orol dengizining qurishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik inqiroz, uning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy muhitga salbiy ta’sirlari chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar – qayta tiklanuvchi energiya, suv tejovchi texnologiyalar, bioinnovatsiyalar, ekologik tadbirkorlik va monitoring tizimlarini rivojlantirish masalalari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Maqola yakunida mintaqada ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Keywords: Orolbo‘yi, ekologik innovatsiyalar, ekologik texnologiyalar, ekologik inqiroz, yashil iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energiya, bioinnovatsiyalar, ekologik barqarorlik, suv resurslari boshqaruvi, ekologik tadbirkorlik, cho‘llanishga qarshi kurash, monitoring tizimlari.