10.07.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 7
Abstract. Mazkur maqolada investitsiya dasturlarining samarali ijrosini ta'minlashda indikatorlar tizimini shakllantirish zarurati va ahamiyati tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan davlat va xususiy investitsiya loyihalarining monitoringi samaradorligini oshirish uchun yagona va tizimli indikatorlar bazasini yaratish dolzarb muammo sifatida ko‘rib chiqilgan. Muallif tomonidan investitsiya dasturlarini baholashda moliyaviy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik va ekologik indikatorlarning turlari aniqlanib, ularning har birining amaliy ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, indikatorlar tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan, xususan, axborot texnologiyalarini keng qo‘llash, xalqaro standartlarga moslashtirish va mustaqil audit mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish zarurligi asoslab berilgan. Maqola natijalari investitsiya siyosatini boshqarish va baholashda yangi yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Keywords: investitsiya dasturlari, indikatorlar tizimi, monitoring va baholash, investitsiya loyihalari, moliyaviy ko‘rsatkichlar, iqtisodiy samaradorlik, raqamli monitoring, investitsiya siyosati, innovatsion yondashuv, xalqaro standartlar, mustaqil audit, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, strategik loyihalar nazorati, tizimli tahlil, barqaror rivojlanish.