04.07.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 7
Abstract. Ushbu maqolada psixologiya fanida yangi yoʻnalishlarning yuzaga kelish sabablari, ularning shakllanish bosqichlari, zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot bilan bogʻliqligi va psixologik amaliyotga ta’siri tahlil qilinadi. Yangi yoʻnalishlarning yuzaga kelishi inson ruhiy olamini chuqurroq anglash, ijtimoiy va madaniy muhitdagi oʻzgarishlarga javob berish zaruratidan kelib chiqqan. Maqolada kognitiv psixologiya, neyropsixologiya, pozitiv psixologiya, transpersonal psixologiya kabi yoʻnalishlar misolida bu jarayon yoritiladi.
Keywords: Yangi psixologik yo‘nalishlar, kognitiv psixologiya, neyropsixologiya, zamonaviy psixologiya, fan taraqqiyoti, transpersonal psixologiya, integrativ yondashuvlar.