04.07.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 7
Abstract. Ushbu maqolada psixologik kasalliklar, ularning shakllari, kelib chiqish sabablari, ijtimoiy oqibatlari va profilaktik yondashuvlar haqida ilmiy-nazariy tahlil berilgan. Ruhiy salomatlik inson hayot sifati va ijtimoiy barqarorlikning muhim tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Shuningdek, maqolada xalqaro tajriba, JSST ma’lumotlari, O‘zbekistonda psixik salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham yoritilgan.
Keywords: Psixologik kasalliklar, ruhiy salomatlik, depressiya, anksioz buzilish, shizofreniya, psixoprofilaktika, stress, psixoterapiya, ijtimoiy omillar, diagnostika.