30.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Mazkur maqolada Alisher Navoiy tomonidan yozilgan “Saddi Iskandariy” dostoni tahlil qilinadi. Asarning umumiy hajmi, tuzilishi, janr xususiyatlari hamda tarixiy va diniy manbalarga asoslangani ilmiy yondashuv asosida yoritilgan. Dostonning Qurʼoni Karimdagi Zulqarnayn haqidagi oyatlar bilan bogʻliqligi, shuningdek, unda Iskandar obrazining badiiy-falsafiy talqini ochib beriladi. Asar orqali adolatli va ilmli rahbar timsoli yaratilib, o‘zbek epik an’analarida yangi bosqich boshlab berilgani ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, dostondagi g‘oyaviy mazmunning bugungi davr uchun ham dolzarbligi asoslab beriladi.
Keywords: Alisher Navoiy, Saddi Iskandariy, Xamsa, Zulqarnayn, Iskandar, tarixiylik, diniy motivlar, epik doston, adolatli hukmdor, Qurʼon, o‘zbek adabiyoti, mutaqorib bahri.