28.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Ushbu maqolada bolalar orasida keng tarqalgan, benign (yengil) kechuvchi epilepsiya turi – Rolandik epilepsiyaning (BECTS) klinik belgilari, elektroensefalografik xususiyatlari va davolash yondashuvlari yoritilgan. Maqolada mazkur sindromning asosan 3–13 yoshli sog‘lom rivojlanayotgan bolalarda uchrashi, odatda tungi tutqanoqlar bilan namoyon bo‘lishi, shuningdek EEGda centrotemporal zonalarda “spike-and-wave” to‘lqinlar aniqlanishi kabi mezonlar muhokama qilingan. Rolandik epilepsiya ko‘pincha o‘z-o‘zidan remissiyaga uchrashi bilan ijobiy prognozga ega bo‘lsa-da, ayrim bemorlarda e’tibor yetishmovchiligi, nutq muammolari va psixologik noqulayliklar kuzatilishi mumkin. Shuningdek, maqolada zamonaviy davolash yondashuvlari, individual terapiya rejalari va psixopedagogik qo‘llab-quvvatlash zarurati haqida so‘z boradi. Ushbu tadqiqot rolandik epilepsiyaning erta aniqlanishi va kompleks yondashuv asosida samarali boshqarilishini ta’minlashga qaratilgan.
Keywords: Rolandik epilepsiya, BECTS, tutqanoq, klinik simptomlar, EEG diagnostikasi, benign epilepsiya, bolalar nevrologiyasi, dori bilan davolash, psixologik ta’sir, nutq buzilishi.