28.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ruhiyatiga ko‘rsatadigan ta’siri psixologik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Yoshlar ongida virtual "men" obrazining shakllanishi, ijtimoiy taqqoslash, tashqi baholarga qaramlik holatlari, emotsional beqarorlik, kiberzo‘ravonlik, internetga qaramlik kabi salbiy omillar yoritilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy jihatlari — axborot olish, o‘z fikrini erkin bildirish, psixologik qo‘llab-quvvatlash va ta’limiy kontentlarga kirish imkoniyati ham ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada yoshlarning raqamli madaniyatini oshirish, media savodxonligini shakllantirish va psixologik profilaktika tadbirlarining zarurligi asoslab berilgan. Mavzuga oid xalqaro tadqiqotlar, statistik ma’lumotlar hamda milliy qonunchilik hujjatlariga tayanilgan holda tavsiyalar berilgan.
Keywords: ijtimoiy tarmoqlar, yoshlar psixologiyasi, emotsional beqarorlik, virtual “men”, media savodxonlik, kiberzo‘ravonlik, internetga qaramlik, raqamli madaniyat, ruhiy salomatlik, ijtimoiy taqqoslash.