28.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichidagi o‘quvchilarda nozik motorika (fine motorika) faoliyatining rivojlanishi tasviriy san’at mashg‘ulotlari orqali tahlil qilinadi. Nozik motorika tushunchasining ilmiy asoslari, uning psixofiziologik mohiyati va ta’limiy jarayonda qo‘llanilish zarurati asoslab beriladi. Mazkur maqolada o‘quvchilar qo‘llaridagi mushak faoliyatini, barmoqlar koordinatsiyasi va harakat aniqligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy topshiriqlar va ularning pedagogik samaradorligi yoritiladi.
Keywords: fin motorika, tasviriy san’at, bolalar rivoji, badiiy mashg‘ulotlar, mushak koordinatsiyasi, pedagogik metodika.