IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO’NG YAPONIYADAGI MADANIY VA IJTIMOIY MEROS

25.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6

Abstract. Ikkinchi Jahon Urushi insoniyat tarixidagi eng halokatli mojarolardan biri bo‘lib, u ko‘plab davlatlar qatori Yaponiyaning ham siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. 1945-yilda urush yakunlangach, Yaponiya G‘arb tomonidan, xususan, AQSh boshchiligidagi ittifoqchi davlatlar nazorati ostiga o‘tdi. Bu bosqichda mamlakatda demokratik islohotlar, iqtisodiy qayta qurishlar va madaniy yangilanishlar boshlangan bo‘lsa-da, yapon xalqining an’anaviy qadriyatlari va madaniy merosi saqlab qolindi hamda yangi davrga moslashtirildi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yaponiya vayronaga aylangan davlatlardan biri edi.

Keywords: • Ish madaniyati (hayot-makon korporatsiyalar, butun umr ish bilan bandlik); • Ta’lim tizimining yuqori sifati; • Innovatsiyalarga ochiqlik; • Milliy qadriyatlar va g‘ururning saqlanishi global kapitalizm bilan uyg‘unlashgan holda mavjud bo‘ldi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor