20.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Mazkur maqolada o‘zbek jadidchilik harakatining yorqin vakili Hamza Hakimzoda Niyoziyning ilmiy o‘rganilish jarayoni bosqichma-bosqich tahlil etiladi. Adibning adabiy, tilshunoslik, dramaturgiya va pedagogik faoliyati yuzasidan shakllangan ilmiy ma’lumotlarning dastlabki mafkuraviy yondashuvlardan boshlab, mustaqillikdan keyingi erkin va tanqidiy ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarigacha bo‘lgan rivojlanish holati yoritib berilgan. Maqolada Hamza merosining raqamli muhitda aks etishi, zamonaviy tadqiqotlar va elektron resurslar orqali keng ommaga taqdim etilishi masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maqola Hamza ijodining o‘rganilishi borasidagi ilmiy maktab shakllanishi va istiqboldagi tadqiqot yo‘nalishlari uchun asos bo‘la oladi.
Keywords: Hamza Hakimzoda Niyoziy, jadidchilik, ilmiy tadqiqotlar, adabiy meros, tilshunoslik, dramaturgiya, pedagogika, o‘zbek adabiyoti, ilmiy maktab, raqamli resurslar, ilmiy tahlil.