20.06.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 6
Abstract. Qalqonsimon bez xiqildoq qalqonsimon tog’ayi ustida, bo’yinning oldingi yuzasida joylashgan. Qalqonsimon bez bo’yincha bilan birikkan 2 bo’lakdan iborat. Massasi taxminan 30 gr keladi. Qalqonsimon bez tiroksin gormoni ishlab chiqaradi. Tiroksin tarkibiga yod kirib, u qalqonsimon bezga tashqaridan (bu yerga qon oqimi bilan keltiriladi), oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvdan tushadi. Qalqonsimon bez moddalar almashinuviga ta’sir qiladi: normaga nisbatan ko’p miqdorda tiroksin ishlab chiqarilishi modda almashinuvining normal bo’lmagan oshib ketishiga olib keladi. Qalqonsimon bez funksiyasi pasayib ketganda va bu gormon yetarlicha ishlanmaganda, aksincha, moddalar almashinuvi pasayadi.
Keywords: - Qalqonsimon bez, Gormonal muvozanat, Giperterioz, Ayollarda reproduktiv salomatlik, Bezi muammolari, Qalqonsimon bez gormonal ta'siri, Ginekologik kasalliklar, Diagnostika va davolash, Bazedov kasalligi, Endemik buqoq.